O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.

Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so`zi


Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot,
Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag`ri keng o`zbekning o`chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo`r qanot!
Istiqlol mash`ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo`l obod!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!