Ta'lim tarbiya berish - bosh maqsadimiz.

«Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni»

26-iyun “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan Andijon shahridagi Bolalar bog’ida “O’zbekiston yoshlari giyohvandlikka qarshi” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbir doirasida umumta’lim maktablari o’quvchilari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari to’garak a’zolari o’rtasida “Og’usiz dunyo sari”, “Giyohvandlikka qarshimiz” kabi mavzular tashkil etilgan devoriy gazetalar va o’quvchilar chizgan rasmlari namoyish etildi.

O’quvchilar asfaltga rasm chizish orqali sog’lom hayot tarsi va giyohvandlikning salbiy oqibatlarini o’z fikrlari va dunyoqarashlarida aks ettirdilar.

 

Sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida sportning stol tennis, karate, kikboksing, sambo, shaxmat, shashka, boks, gimnastika, qilichbozlik, badminton kabi 10 dan ortiq turlari bo’yicha sport musobaqalari o’tkazildi.

 

O’tkazilgan tadbirlarda 5000 nafardan ziyod o’quvchilar ishtirok etdilar. Shuningdek sport turlari bo’yicha o’tkazilgan sport musobaqalarida 10 nafar o’quvchilar viloyat hokimligi va viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

                               Andijon viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi

                               Matbuot xizmati

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *