Maktabgacha ta`lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo’yicha hukumat qarori qabul qilindi

Maktabgacha ta`lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to’g’risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan 2018 yil 5 aprelga qadar nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil etish maqsadida bo’sh turgan yer uchastkalarini va bo’sh turgan davlat mulki ob`yektlarini bepul asosda olgan tadbirkorlar bilan davlat-xususiy sheriklik to’g’risida bitim tuzishga ruxsat berildi.

O’zbekiston Respublikasini Rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg’armasiga 2018 yil 28 iyungacha bo’lgan muddatda tadbirkorlarga 15 yil muddatga foizsiz asosda, shu jumladan, uch yillik imtiyozli davr bilan imtiyozli kredit berish uchun kredit liniyalari ochish to’g’risida bitimlar tuzish vazifasi yuklandi.

Bo’sh turgan yer uchastkalarini va bo’sh turgan davlat mulki ob`yektlarini bepul asosda olgan davlat-xususiy sheriklik to’g’risida bitim tuzmagan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.

Оставить комментарий

Ваш email нигде не будет показанОбязательные для заполнения поля помечены *

*

x

Check Also

ПҚ-3907-сон 14.08.2018

ЁШЛАРНИ МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ ВА ЖИСМОНИЙ БАРКАМОЛ ЭТИБ ТАРБИЯЛАШ, УЛАРГА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ БЕРИШ ТИЗИМИНИ СИФАТ ЖИҲАТИДАН ЯНГИ БОСҚИЧГА ...