Ta'lim tarbiya berish - bosh maqsadimiz.

Jamoatchilikdan 3 kunda 3 ming taklif kelib tushdi

Prezidentimiz tomonidan xalq ta’limi tizimi mamlakatimiz kelajagi uchun eng muhim sohalardan ekanligi haqida alohida ta’kidlab o‘tilgan edi. Bu haqiqatda xalqimiz uchun juda dolzarb soha ekanligini birgina mavjud muammolarni yechimi bo‘yicha odamlardan yig‘ilgan onlayn-forma orqali yuborilgan takliflar sonidan ham bilsa bo‘lar ekan: 3 kunda 3 mingdan ortiq taklif kelib tushibdi, xali ham davom etayapti.

Endi ushbu takliflarni tahlil qilib, ularni tizimli ravishda yechimini topish bo‘yicha ishlashimiz kerak. Hozirgi kunda Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasini qayta tasdiqlash bo‘yicha Prezident qarori loyihasini ishlab chiqayapmiz va imkoni boricha ushbu loyihada yechimi tez bo‘lishi mumkin masalalarni kiritishga harakat qilamiz. Yangi tuzilma tasdiqlanib, Vazirlikda samarali ishlaydigan komandani shakllantirib olganimizdan keyin esa tizimli ravishda muammolar yechimi bo‘yicha ishlanadi.

 

Sherzod Shermatov,
O‘zbekiston Respublikasi
xalq ta’limi vaziri

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *