Adliya vaziri soqol va hijob mavzusidagi bahslarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov «Amerika ovozi» muxbirining soqol va hijob to‘g‘risidagi savollariga javob berdi.

O‘zbekiston adliya VaziriRuslanbek Davletov AQSHning Vashington shahrida «Amerika ovozi» muxbiri Navbahor Imomovaning O‘zbekistonda soqol va hijob bo‘yicha siyosat, dindorlik va mutaassiblik chegaralari haqidagi savollariga javob berdi.

«Soqol qo‘yish fuqarolarning o‘z huquqi. Xohlasa qo‘yadi, xohlasa qo‘ymaydi. Bu jamiyatimizning bu sohaga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Qonunchilik bilan taqiqlanmagan. Lekin bir narsani e’tiborga oling, u yoki bu tashkilot, masalan laboratoriya, sud-ekspertiza tashkilotlarida dress-kod cheklovi qo‘yilishi mumkin. U yerga soqol bilan borib ishlay olmaysiz. Bu sog‘liq-salomatlik, kasbning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq cheklov bo‘lishi mumkin», — dedi vazir.

Adliya vazirining ishonch bildirishicha, vazirlikka hali «soqolga ruxsat berilmayapti» degan murojaatlar bo‘lmagan.

Hijob bo‘yicha ham jamiyatimizda hech qanday cheklov yo‘q. Ayollarimiz ko‘chada, mashina haydaganda ham hijob kiyib, o‘z huquqlaridan foydalanib kelmoqda. Qonunchiligimizdagi «diniy libos»ni aniq ifoda etish muammo bo‘lib kelgan. Sudlarimizda har xil yondashuv amalga oshirilgan. Buning natijasida oddiy holatlarda ham javobgarlikka tortilgan. Mazkur norma bugungi kun talabiga javob bermagani sababli qayta ko‘rib chiqilyapti. Uning qaysi ko‘rinishda bo‘lishini parlament hal qiladi», — dedi Ruslanbek Davletov.

Оставить комментарий

Ваш email нигде не будет показанОбязательные для заполнения поля помечены *

*

x

Check Also

ПҚ-3907-сон 14.08.2018

ЁШЛАРНИ МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ ВА ЖИСМОНИЙ БАРКАМОЛ ЭТИБ ТАРБИЯЛАШ, УЛАРГА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ БЕРИШ ТИЗИМИНИ СИФАТ ЖИҲАТИДАН ЯНГИ БОСҚИЧГА ...